Turkiya: O'tmish va Kelajak To'qnashuvida Buyuk Davlat

Dunyo

Turkiya —O'tmishi boy va kelajagi porloq bu yurtda har bir sayyoh o'ziga xos urf-odatlar, betakror me'morchilik va ulug'vor madaniyat bilan yuzma-yuz keladi. Ayniqsa, Istanbul shahri — Turkiyaning yuragi, boy tarix va madaniyat to'plangan maskan. Quyida Istanbul shahri haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 qiziqarli faktni taqdim etamiz.

Turkiya: O'tmish va Kelajak To'qnashuvida Buyuk Davlat
Turkiya — Osiyo va Yevropani bog'lovchi davlat;
Turkiya dunyoda noyob geografik joylashuvi bilan ajralib turadi. Uning hududi g'arbiy Osiyo va janubiy Yevropa o'rtasida joylashgan bo'lib, aholisi 85 millionga yaqin. Biroq, ko'pchilik Turkiyaning poytaxt Istanbul emas, Anqara shahri ekanini bilmaydi.

Istanbul — Yevropa va Osiyoni birlashtiruvchi yagona shahar;
Istanbul dunyodagi yagona shahar bo'lib, u bir vaqtning o'zida ham Yevropa, ham Osiyo qit'alarida joylashgan. Ushbu noyob shahar Turkiyaning 81 viloyatidan biri bo'lib, tarixiy jihatdan ham, iqtisodiy rivojlanish borasida ham katta ahamiyatga ega.

Istanbulning boy tarixi;
Bugungi Istanbul shahri qadimgi Buyuk Konstantinopol nomi bilan mashhur bo'lib, 2 ming yildan ziyod vaqt davomida Rim, Vizantiya va Usmonli imperiyalarining poytaxti bo'lgan.

Istanbul — Turkiya sanoat markazi;
Istanbul shahri Turkiya sanoatining yuragi hisoblanadi, chunki mamlakatdagi sanoat ishlab chiqarishining qariyb 60% ushbu shaharda joylashgan. Istanbulda to'qimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, yog'ochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik va boshqa ko'plab sanoat korxonalari mavjud.

Istanbulning geografik joylashuvi;
Istanbul o'zining go'zal tabiati va geografik joylashuvi bilan ajralib turadi. Shahar Marmar dengizi va Bosfor bo'g'ozi atrofida joylashgan bo'lib, bo'g'oz shaharni ikkiga — Osiyo va Yevropa qismlariga bo'lib turadi. Bosfor bo'g'ozi nafaqat shaharni, balki butun dunyoni bog'lovchi muhim transport arteriyasi hisoblanadi.

Turkiya va Istanbul nafaqat boy tarixi, balki zamonaviy rivojlanish yo'lida ham katta yutuqlarga erishmoqda. Shu bois bu yurtni bir bora ziyorat qilgan insonning qalbida bu go'zallik va madaniyat abadiy iz qoldiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing