Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qulladi

Dunyo

Turkiya parlamenti uzoq kechikishlardan so‘ng Shvetsiyaning NATOga kirishini ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi (287 ovoz, 55ga qarshi). Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an yaqin kunlarda ratifikatsiya hujjatini imzolashi kutilmoqda.

Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qulladi
Ma’lum qilinishicha, o'nlab yillar davomida harbiy ittifoqlarga qo'shilmagan Shvetsiya 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasi boshlanganidan keyin Finlyandiya bilan birga NATOga a'zo bo'lish uchun ariza berishga qaror qilgan.

NATO aʼzolarining aksariyati har ikki davlatning ittifoqqa qabul qilinishini tezda ratifikatsiya qildi, biroq Shvetsiyani Kurdiston Ishchilar partiyasi aʼzolariga boshpana berganlikda ayblagan Turkiya bu jarayonni kechiktirdi.

“Bugun biz NATOning toʻliq aʼzoligiga bir qadam yaqinlashdik”, deb yozdi Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristerssen ijtimoiy tarmoqda.

Shvetsiya arizasi hali Vengriya tomonidan ratifikatsiya qilinmagan.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya parlamentining qarorini olqishladi va yaqin kelajakda Vengriya ham Stokgolm arizasini qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirgan.

“Men Vengriya ratifikatsiyani imkon qadar tezroq yakunlashini kutaman. Shvetsiyaning aʼzoligi NATOni yanada kuchli qiladi va barchamizni xavfsizroq qiladi”, dedi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing