Turkiya TIV: Ukrainadagi mojaro 2024-yilda tugashi amrimahol

Dunyo

Turkiya TIV rahbari Xakan Fidan bu yil Ukrainadagi mojaroni hal qilish imkoniyatini ko'rmayapti. Bu haqda u CNN Turk telekanalida ma'lum qildi.

Turkiya TIV: Ukrainadagi mojaro 2024-yilda tugashi amrimahol
Vazirning ta'kidlashicha, 2024-yilda bu masalani hal qilish uchun asos yo'q. Yaqin kelajakda ham mojaroni hal qilish istiqbollari yo'q, deya qo'shimcha qildi Fidan.

Mojaroni "juda qimmatga tushadigan boks jangi" deb ta'riflab, Fidan Turkiya mojaroning Markaziy va Sharqiy Yevropaga tarqalish xavfini ko'rayotganini va yadroviy qurol haqidagi gaplardan juda xavotirda ekanligini aytdi.

"Haqiqat shuki, bu yo'qotishlar ko'p, lekin g'alaba yo'q bo'lgan urushga aylandi. Resurslar ishga solinmoqda, odamlar halok bo’lmoqda va urush kengayishi xavfi ortib bormoqda. Turkiya bu xavfdan nihoyatda xavotirda", — deydi Fidan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya 3-mart kuni Rossiya va Ukrainaning harbiy salohiyati chegarasini ko‘rsatgan edi. Avvalroq Turkiya TIV Rossiya va Ukraina o‘rtasida muloqotni tashkil etish yo‘llarini izlashga chaqirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing