Turkiya yana tabiiy ofatga yuz tutdi

Dunyo

12-fevral kuni kechqurun Antaliyada kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq boshlanib, suv toshqini va transport muammolarini keltirib chiqardi, deb xabar bermoqda “Hurriyet”.

Turkiya yana tabiiy ofatga yuz tutdi
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli hokimiyat 13-fevral kuni maktablarda darslarni bekor qilishga qaror qildi. Bo'ron Antaliyaning markaziy hududlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Kechqurun viloyat meteorologiya boshqarmasi xavfli ob-havo haqida “to‘q sariq” ogohlantirish e’lon qildi. Dastlab 12 m/s dan oshgan shamol tezligi tun davomida kuchayib, ayrim plyajlarda daraxtlarning qulashiga sabab bo‘ldi.

Suv toshqini shahar ko‘chalarini suv ostida qoldirdi, mashinalar suvda suzib ketdi, yer osti o‘tish yo‘llari va to‘xtash joylaridagi suv sathi sezilarli darajada ko‘tarildi. Antaliya aeroportida parvozlar vaqtincha to‘xtatildi, Turkiyaning turli mintaqalarida transport harakatida muammolar yuzaga keldi.

Izmirning Chesme tumanida kuchli yomg'irdan keyin bir kechada funduk yong’og’i kattaligidagi do'l yog'di.

Meteorologlarning maʼlumotlariga koʻra, 13-fevral kuni Egey dengizi va Gʻarbiy Oʻrtayer dengizi sohillarida momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda, Antaliyada ertalab ham kuchli yomgʻir davom etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing