Turkiyada ommaviy hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
Dunyo
Turkiya hukumati mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi keng ko‘lamli operatsiya davomida 300 ga yaqin kishini qo‘lga oldi. Guruhni moliyalashtirish, jalb qilish va targ‘ib qilishning oldini olishga qaratilgan reydlar 51 ta viloyatda o‘tkazildi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning ma’lum qilishicha, hibsga olinganlar orasida zo‘ravonlik namoyishlari va ko‘cha tartibsizliklarida ishtirok etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar ham bor. Tintuv chog‘ida qurollar, jumladan, AK-47 avtomatlari olib qo‘yilgan.
Anqara KIPning taxminiy tarafdorlariga, jumladan, siyosatchilar orasida bosimni yanada kuchaytirmoqda. Avvalroq hokimiyat bir necha kurd merlarini lavozimidan chetlatib, ularning o‘rniga davlat tomonidan tayinlanganlar qo‘yilgandi. So‘nggi voqea Van shahrida sodir bo‘lgan, u yerda mer taqiqlangan tashkilotga aloqadorlikda ayblanib, lavozimidan chetlatilgan.
Operatsiya Turkiya va kurdlar vakillari o‘rtasida tinchlik jarayoni qayta boshlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar fonida o‘tkazilmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, hibsda bo‘lgan KIP yetakchisi Abdulla Ojalan qurolsizlanishga chaqirishi mumkin. Biroq, Anqaraning qat’iy choralari muloqot kelajagini shubha ostiga qo‘yadi.

Powered by Froala Editor