Turkiyadagi teraktni amalga oshirganlarning shaxsi aniqlandi

Dunyo

DNK tahlili natijalariga koʻra, jangarilar PKK/KCK aʼzolari Hasan Oʻgʻuz va Oʻzkan Shahin ekanligi maʼlum boʻldi, deb xabar qildi IIV.

Turkiyadagi teraktni amalga oshirganlarning shaxsi aniqlandi
Turkiya Ichki ishlar vazirligi 1-oktyabr kuni Anqarada terakt sodir etgan jangarilar shaxsi aniqlanganini ma’lum qildi.

Departament eslatishicha, 1-oktyabr kuni ikki terrorchi Anqaradagi politsiya bosh boshqarmasi binosi yonida terakt uyushtirishga uringan, biroq politsiyaning o‘z vaqtida aralashuvi tufayli ular yo‘q qilingan.

"DNK tahlili hamda tergov natijalariga ko‘ra, jangarilar terror tashkiloti PKK/KCK a’zosi Hasan O‘g‘uz, “Kanivar Erdal” va O‘zkan Shahinlar ekani ma’lum bo‘ldi", deya ta’kidladi Ichki ishlar vazirligi.

Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, Turkiya oxirgi terrorchi yoʻq qilinmaguncha terrorga qarshi qatʼiy kurashni davom ettiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing