Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
O'zbekiston
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni rasmiy tashrif bilan Samarqandga keladi. Uchrashuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarning asosiy mavzulari - strategik sheriklikni kengaytirish, siyosat, iqtisodiyot, transport va gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Samarqand tasodifan tanlanmagan - u tarix va muloqot ramzi sifatida O‘zbekiston va Turkmanistonning Markaziy Osiyodagi rolini kuchaytirishga qodir bo‘lgan qarorlar qabul qilish maydoniga aylanadi. Ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan aniq kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor