Turkmaniston O'zbekistonga yanada ko'proq gaz yetkazib bermoqchi

O'zbekiston

5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.

Turkmaniston O'zbekistonga yanada ko'proq gaz yetkazib bermoqchi
Unda o‘zaro manfaatli hamkorlikni va qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy hamda yoqilg‘i-energetika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi

Turkmaniston bir necha yildan beri O‘zbekiston Respublikasiga tabiiy gaz yetkazib bermoqda. Shu munosabat bilan ikki davlat rahbarlari gaz sohasidagi hamkorlikning yuqori samaradorligi va uzoq muddatli xarakterini qayd etishdi hamda Turkmaniston tabiiy gazini O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, yaqin kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma gaz loyihalari bo‘yicha katta istiqbollar e’tirof etildi.

Suhbat yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining Milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatlar o‘rtasidagi an’anaviy birodarlik munosabatlari o‘zaro manfaatli strategik hamkorlik ruhida izchil rivojlanishiga ishonch bildirdilar hamda bir-birlariga mustahkam sog‘lik, mas’ul davlat faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing