Turkmaniston va Pokiston TAPI loyihasini amalga oshiradi
Dunyo
TAPI loyihasining qiymati 7 milliard dollarga baholanmoqda. Loyiha doirasida Turkmaniston Galkinish koni va unga yaqin hududlardan Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonga tabiiy gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.
Pokiston va Turkmaniston Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPI) transmilliy gaz quvurini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma rejani imzoladi. Imzolash marosimi Islomobodda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
“Anadolu”ning xabar berishicha, Bosh vazir loyihaning butun mintaqa uchun ahamiyati va uni tezkorlik bilan amalga oshirish muhimligini ta’kidlagan.
TAPI loyihasining qiymati 7 milliard dollarga baholanmoqda. Loyiha doirasida Turkmaniston Galkinish koni va unga yaqin hududlardan Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonga tabiiy gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. Loyiha Osiyo taraqqiyot banki tomonidan muvofiqlashtiriladi.
TAPI Turkmanistondan Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonga 1680 km uzunlikdagi gaz quvurini qurishni koʻzda tutadi. Loyiha quvvati yiliga 33 milliard kub metr gazni tashkil etadi.
Gaz quvuri bo'yicha ilk shartnoma 2010-yilda imzolangan. Biroq loyiha texnik va moliyaviy sabablar, shuningdek, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli oldinga siljiy olmagan edi.

Powered by Froala Editor