U-17: Oʻzbekiston Osiyo Kubogi raqiblarini bilib oldi
Sport
Oʻzbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi uchun 2026-yilgi Osiyo Kubogidagi raqiblar maʼlum boʻldi. Oʻzbekiston D guruhida Avstraliya, Hindiston va KXDR jamoalari bilan bellashadi.
U-17 Osiyo Kubogi 2026-yil may oyida Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi. Bu turnir yosh futbolchilarni xalqaro maydonga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega boʻlib, ularga kontinent maydonida oʻzlarini namoyish etish imkoniyatini beradi.
Powered by Froala Editor