U20 O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finaliga yo‘l oldi
Sport
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda o‘tayotgan U20 Osiyo Kubogida ishonchli ishtirokini davom ettirmoqda. Guruh bosqichining ikkinchi turida Farhod Nishonov boshchiligidagi jamoa Indoneziyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv Shenchjen shahridagi "Markaziy yoshlar futbol bazasi" stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston futbolchilari o‘yinni faol boshlashdi, tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, taktik jihatdan yuqori saviyada harakat qilishdi. Hujumdagi ishonchli harakatlar va mustahkam himoya jamoaga muhim g‘alabani ta’minladi.
Bu natija tufayli O‘zbekiston 6 ochko to‘plab, pley-off bosqichiga chiqishni kafolatladi. "С" guruhining yana bir o‘yinida Eron Yamanni 6:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi O‘zbekiston va Eron guruhda birinchi o‘rin uchun hal qiluvchi bahsda to‘qnash keladi, bu esa turnirning keyingi taqdiriga ta’sir qilishi mumkin.
Chorak final o‘yinlari kelasi haftada bo‘lib o‘tadi va o‘zbekistonliklar qit’a chempionligi uchun kurashni davom ettiradi.

Powered by Froala Editor