UEFA Isroilni xalqaro musobaqalardan chetlashtirmaydi

Sport

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Isroil klublari va terma jamoalarini xalqaro turnirlardan chetlashtirmaslikka qaror qildi. Israel Hayom nashrining yozishicha, bu qarorga AQSh bosimi hamda bir qator yuqori lavozimli diplomatlar va sport amaldorlarining yordami ta’sir ko‘rsatgan.

UEFA Isroilni xalqaro musobaqalardan chetlashtirmaydi
Dastlab 23-sentabr kuni UEFA ijroqo‘mitasida Isroilni chetlashtirish masalasi muhokama qilinishi kutilgandi. Biroq bu masala kun tartibidan chiqarildi. Qaror tufayli Tel-Avivning “Makkabi” klubi UEFA Konferensiyalar ligasida ishtirok etadi — birinchi o‘yin 24-sentabr kuni gretsiyalik PAOK jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Avvalroq BMTning sakkiz nafar eksperti UEFA va FIFAga murojaat qilib, Isroilni «Falastindagi davom etayotgan genotsid» sababli xalqaro musobaqalardan chetlashtirishni talab qilgan edi. Shunga qaramay, Isroil futbol assotsiatsiyasi Yevropa turnirlarida qatnashish huquqini saqlab qoldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing