Ukraina Paralimpiada ochilish marosimini boykot qiladi

Sport

Ukraina delegatsiyasi 6 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Qishki Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida qatnashmaydi. Qaror Rossiya va Belarus sportchilariga milliy ramzlar — bayroq va madhiyadan foydalanishga ruxsat berilgani sababli qabul qilindi.

Ukraina Paralimpiada ochilish marosimini boykot qiladi
Bu haqda Ukraina Milliy Paralimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi. Bayonotda aytilishicha, na sportchilar, na rasmiy delegatsiya ochilish marosimida ishtirok etadi.

Avvalroq Rossiya va Belarus paralimpiyachilari milliy ramzlarsiz qatnashgan edi. Biroq 2025 yil sentabr oyida Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasi qarori bilan bu taqiq bekor qilindi.

Yevropa Ittifoqining sport ishlari bo‘yicha vaziri ham ochilish marosimida qatnashmasligini ma’lum qildi. O‘yinlar mezboni Italiya qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Paralimpiada-2026 da Rossiyadan olti nafar, Belarusdan esa to‘rt nafar sportchi qatnashadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing