Ukraina Yadro xavfiga qarshi Isroildan 12 ming doza dori sotib oldi
Dunyo
Ukraina Isroilning Pluri biotexnologiya kompaniyasidan ionlashtiruvchi nurlanishga qarshi kurashuvchi 12 ming doza PLX-R18 dori vositasini xarid qildi. PLX-R18 — oddiy dori emas. Bu vosita kesarcha kesish orqali tug‘ilgan ayollarning yo‘ldoshidan olingan o‘zak hujayralar asosida ishlab chiqariladi. Ushbu harakat ukrain xalqni yadro nurlanishdan asrash uchun amalga oshirilmoqda. Bu haqida The Times of Israel xabar berdi.
PLX-R18 - maxsus bioreaktorlarda o‘stirilib, bemorning mushak orasiga yuboriladi va organizmning qon ishlab chiqarish tizimini faollashtirishga yordam beradi. Yadro falokati yuz bersa, bunday preparat — yashash bilan o‘lim orasidagi farq bo‘lishi mumkin.
Isroilning Ukrainadagi elchisi Mixael Brodskiyning ma’lumotiga ko‘ra, dori vositasi trombotsitlar, shuningdek, nurlanish natijasida shikastlangan qizil va oq qon hujayralarini tiklashga yordam beradi. Ukraina bo‘ylab 6000 kishini davolash imkonini beruvchi bu dozalar, yadro xavfi yuzaga kelganda zudlik bilan shifoxonalarga tarqatiladi.
Hemafund — Ukrainaning kindik qoni banki — bu dori vositasini mamlakatda joriy etish, shuningdek, uni Sog‘liqni saqlash vazirligida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun klinik sinovlarni amalga oshirmoqchi. Tashkilotning ta’kidlashicha, bu hamkorlik har ikki tomon uchun 100 million dollardan ortiq iqtisodiy foyda keltiradi. Ammo eng muhimi — bu hayotga bo‘lgan sarmoyadir.
Ukraina bu qadamini faqat sog‘liqni saqlash nuqtayi nazaridan emas, balki milliy xavfsizlik strategiyasi sifatida ko‘rmoqda.
Pluri tijorat direktori Nimrod Bar Svi ta’kidlaganidek, preparat hayvonlarda o‘tkazilgan sinovlarda jon saqlab qolish ko‘rsatkichlarini 4 foizdan 74 foizgacha oshirgan.

Powered by Froala Editor