Ukrainada Rada binosini egallab olish to'xtatilganligi haqida xabar berishdi

Dunyo

Ukraina xavfsizlik xizmati ma'lumotlariga ko'ra, faollar 30-iyun kuni Kiyev markazida xalq yig'ilishini o'tkazishni rejalashtirishgan va mamlakatning amaldagi rahbariyati hokimiyatdan chetlatilishini e'lon qilish arafasida edilar.

Ukrainada Rada binosini egallab olish to'xtatilganligi haqida xabar berishdi
Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyatini hokimiyatdan chetlatish va Oliy Rada binosini egallashga tayyorgarlik ko‘rayotgan faollarni qo‘lga olganini ta’kidlamoqda, deb yozdi TASS.

Maxsus xizmatning Telegram kanalidagi ma'lumotlariga ko'ra, faollar 30-iyunga provokatsiyalar tayyorlashgan. Ukraina xavfsizlik xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ular Kiyev markazida xalq yig'ilishini o'tkazishni va unda mamlakatning amaldagi rahbariyati hokimiyatdan chetlatilganini eʼlon qilishni rejalashtirgan. Keyin faollar Rada binosini egallab olishni rejalashtirishgan va shu tariqa parlament faoliyatiga to'sqinlik qilmoqchi bo’lishgan.

Hibsga olinganlar konstitutsiyaviy tuzumni o'zgartirish, ag'darish yoki davlat hokimiyatini egallab olishga qaratilgan harakatlar va chaqiriqlar to'g'risidagi moddada ayblanmoqda. Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi sifatida tanlangan. Hibsga olinganlar soni aniqlanmagan, ammo Ukraina xavfsizlik xizmati ularga mol-mulki musodara qilingan holda 10 yilgacha qamoq jazosi berilishini qo‘shimcha qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing