Ulugʻbek Rashitov taekvondo WT bo’yicha Parij Gran-prisida tarixiy natija qayd etdi

Sport

Sportchi final jangida braziliyalik Edivak Pontes ustidan g’alaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. U mazkur natija bilan ketma-ket ikki bor Gran-pri turnirida g’alaba qozongan ilk o’zbek taekvondochisiga aylandi.

Ulugʻbek Rashitov taekvondo WT bo’yicha Parij Gran-prisida tarixiy natija qayd etdi
Parij shahrida o’tayotgan taekvondo WT bo’yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kuni O’zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug’bek Rashitov oltin medalni qo’lga kiritdi.

Sportchi murosasiz kechgan final jangida braziliyalik Edivak Pontes ustidan g’alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog’onasiga ko’tarildi.

Qayd etish joiz, Rashitov bu bilan ketma-ket ikki bor Gran-pri turnirida g’alaba qozongan ilk o’zbek taekvondochisiga aylandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing