Umra tadbirini amalga oshiruvchi turoperatorlar nomi e’lon qilindi

O'zbekiston

Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingiga 10 ta tashkilot kiritilgan.

Umra tadbirini amalga oshiruvchi turoperatorlar nomi e’lon qilindi
Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan tashkilotlarning dastlabki ro‘yxati e’lon qilindi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.

Unga ko‘ra, Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingiga 10 ta tashkilot kiritilgan. Ularning 5 tasi Andijon viloyatida, 2 tasi Namangan viloyatida, 3 tasi esa Toshkent shahrida joylashgan.

Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan (litsenziyaga ega) turoperatorlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: Umrah ratings

Shu yilning 1-noyabridan Umra tadbirini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirdi. Endilikda turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi chiqish turizmi kichik turining Umra xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari joriy etiladi.

2023-yil 1-oktyabrdan Umra xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etildi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga safar qilish uchun elektron viza olishlari mumkin. Saudiya Arabistoni “E-visa”si bir yillik, ko‘p martalik kirish vizasi bo‘lib, sayyohlarga mamlakatda 90 kungacha bo‘lish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing