Umra xizmatlari narxi arzonlashtirildi
O'zbekiston
Umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16.600.000 so‘m etib belgilandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonida Haj va Umra xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, narxlarini arzonlashtirish, ziyoratchilar uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida Podshohlikdagi bir qator mutasaddi idoralar rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lum qilinishicha, muloqotlar natijasida umra xizmatlari narxini yanada arzonlashtirishga erishildi.
“2024 yil 10 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Haj va Umra» markazida Umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16.600.000 so‘m etib belgilandi”, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabarida.

Powered by Froala Editor