Umra ziyoratchilari uchun so‘nggi muddatlar e’lon qilindi
O'zbekiston
Saudiya Arabistoni Haj-2026 mavsumi arafasida Umra ziyoratchilarini qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi. Shu munosabat bilan fuqarolarga kirish va chiqish muddatlariga qat’iy rioya qilish tavsiya etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi safar rejalashtirayotgan fuqarolar uchun rasmiy ogohlantirish e’lon qildi.
Belgilangan jadvalga ko‘ra:
Umra vizalarini rasmiylashtirish 2026 yil 19 martda yakunlanadi;
xorijiy ziyoratchilar uchun so‘nggi kirish sanasi — 2026 yil 2 aprel;
barcha ziyoratchilar 2026 yil 18 apreldan kechiktirmay Saudiya Arabistoni hududini tark etishi lozim.
Viza tartibini buzganlik va ruxsat etilgan muddatdan ortiq qolganlik uchun Saudiya qonunchiligida qat’iy javobgarlik choralari belgilangan.
Idora fuqarolarni safarlarni oldindan rejalashtirishga va barcha talablarni qat’iy bajarishga chaqirdi.

Powered by Froala Editor