UNICEF: G'azoda 1 mlndan ortiq bola bor, ularning ko'pchiligi bedarak yo'qolgan
Dunyo
Jamg‘arma direktori Ketrin Rasselning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoda allaqachon 4,6 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan, 9 mingga yaqini jarohatlangan. Hudud mohiyatan bolalar qabristoniga aylangan.
G'azo sektorida 1 milliondan ortiq bola bor, ularning aksariyati bedarak yo'qolgan yoki binolar vayronalari ostida qolib ketgan. Bu haqda BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel ma’lum qildi. Uning so‘zlari UNICEF saytida keltirilgan.
"G'azoda millionlab bolalar bor, ular uchun xavfsiz joy yo'q, mintaqada 4,6 mingdan ortiq bola halok bo'lgan va 9 mingga yaqini jarohatlangan. Ko'plab bolalar bedarak yo'qolgan, ularning aksariyati binolar va uylar vayronalari ostida ko‘milgan bo‘lishi mumkin deya taxmin qilinmoqda”, degan u.
“Insonparvarlik yordami uchun chegara punktlarining vaqti-vaqti bilan ochilishi tez o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli emas, qish kelishi bilan yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoj yanada keskinlashishi mumkin”, dedi Rassel.
UNICEF avvalroq Isroil armiyasi tomonidan bir necha haftadan beri shiddatli o‘qqa tutilgan G‘azo sektorida har kuni 400 dan ortiq bolalar halok bo‘layotgani yoki yaralangani haqida xabar bergan edi. Jamg‘arma vakilining so‘zlariga ko‘ra, G‘azo mohiyatan bolalar qabristoniga aylangan.

Powered by Froala Editor