Urumchi shahrida sakkizinchi “Xitoy-Yevrosiyo” ko'rgazmasi bo'lib o'tadi

Dunyo

26–30-iyun kunlari Urumchi shahrida VIII “Xitoy-Yevrosiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va unda yuqori martabali xalqaro arboblar, jumladan, O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi, deb xabar bermoqda O’zR Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov.

Urumchi shahrida sakkizinchi “Xitoy-Yevrosiyo” ko'rgazmasi bo'lib o'tadi
Faxriy mehmon sifatida Qirg‘iziston Bosh vaziri, Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari, 40 dan ortiq xorijiy hukumat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, Bosh vazir boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi mazkur tadbirda qatnashish uchun Urumchi shahriga tashrif buyurdi.

Bugun, 25-iyun kuni Urumchi shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing