U.S. Steel va Nippon Steel Amerika prezidentini sudga berdi
Dunyo
U.S. Steel va Nippon Steel kompaniyalari AQSh prezidenti Jo Baydenni $14,1 milliardlik kelishuvni to‘xtatgani uchun sudga berdi. Bu kelishuv Nippon Steel kompaniyasiga U.S. Steel’ni sotib olish imkonini berishi kerak edi, ammo Bayden uni milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab, blokladi.
2025-yil yanvar oyida Bayden Nippon Steel tomonidan U.S. Steel’ni sotib olish jarayonini to‘xtatishga qaror qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuv AQShning yirik po‘lat ishlab chiqaruvchisini chet el nazoratiga o‘tkazib, milliy xavfsizlik va muhim ta’minot zanjirlariga xavf tug‘dirishi mumkin edi.
Baydenning qaroridan so‘ng, ikki kompaniya federal sudga murojaat qildi. Ular Bayden va uning ma'muriyatini siyosiy sabablar bilan kelishuvni noto‘g‘ri baholashda va Amerika po‘lat sanoatiga zarar yetkazishda ayblashdi. Kompaniyalar CFIUS (AQShning chet el investitsiyalari bo‘yicha qo‘mitasi)dan kelishuvni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashmoqda.
Shuningdek, U.S. Steel va Nippon Steel Cleveland-Cliffs kompaniyasi va uning rahbari Lorenso Gonsalves hamda United Steelworkers kasaba uyushmasi prezidenti Devid Makkollga qarshi ham sudga murojaat qilishdi. Ular Cleveland-Cliffs va kasaba uyushmasi rahbarlarini kelishuvni buzishga harakat qilganlikda ayblamoqda.
Kelishuvning bloklanishi natijasida U.S. Steel aksiyalari Nyu-York fond birjasida 6,5% ga tushib ketdi. Keyinchalik aksiyalar bir oz tiklangan bo‘lsa-da, kelishuv taqdiri hozircha noaniq. Bu kelishuv Nippon Steel kompaniyasiga yillik po‘lat ishlab chiqarish hajmini 100 million tonnaga yetkazish va AQShda faoliyatini kengaytirish imkonini berishi kutilgan edi. Ammo Baydenning qaroriga ko‘ra, U.S. Steel Amerika kompaniyasi bo‘lib qolishi kerak. Bu qarorni oldindan Donald Tramp ham qo‘llab-quvvatlagan edi.

Powered by Froala Editor