UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo uchun shartnomani ochmoqda

O'zbekiston

Mazkur avtomobillar uchun shartnomalarni 22-dekabr kuni soat 12:00 dan faqat onlayn ravishda rasmiylashtirish mumkin.

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo uchun shartnomani ochmoqda
“UzAuto Motors” bugun, 22-dekabr kuni soat 12:00 da uchta ommabop avtomobillar — Cobalt, Damas hamda Labo uchun onlayn shartnomani ochadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur avtomobillarning boshlang‘ich narxlari quyidagicha:

• Cobalt — 124 264 000 so‘mdan;
• Damas — 93 156 000 so‘mdan;
• Labo — 93 771 000 so‘mdan.

Shartnomalarni faqat onlayn ravishda rasmiylashtirish mumkin. Mazkur modellar uchun kontraktatsiya 2024-yilda ishlab chiqarish rejalashtirilgan hajm uchun ochiq bo‘ladi. Endilikda shartnomani faqat onlayn tarzda “UzAutoSavdo” ilovasi va savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali rasmiylashtirish mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing