UzAuto Motors sotuvga tayyorlanmoqda
O'zbekiston
UzAuto Motors, Uzbekistan Airways, Uzbektelecom va boshqa o‘nlab yirik davlat kompaniyalari tez orada investorlar uchun ochiq bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiyotni isloh qilish va xorijiy kapitalni jalb etishga qaratilgan o‘z tarixidagi eng yirik xususiylashtirish to‘lqinini e’lon qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 ta eng yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Ular orasida UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqaruvchisi, Uzbekistan GTL gaz-kimyo zavodi, metallurgiya va energetika gigantlari, shuningdek, telekommunikatsiya va sug‘urta kompaniyalari bor.
Ushbu korxonalar aksiyalarining bir qismi xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqariladi. Yana 12 ta davlat kompaniyasi, jumladan, Uzbekistan Airways, Uzbektelecom, Uztransgaz, NKMK va OKMK aksiyalarini IPO va SPO formatida fond bozorlarida joylashtiradi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini oshirish, strategik investorlarni jalb qilishdan iborat. Joriy yil 1-dekabrga qadar tegishli idoralar 2030-yilgacha xususiylashtirishning kompleks strategiyasini taqdim etishi lozim.
Keng ko‘lamli islohot ham xorijiy, ham mahalliy investorlar uchun imkoniyatlar eshigini ochadi, shuningdek, O‘zbekistonning xususiy sektorning faol ishtirokida bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lidagi qat’iyatidan darak beradi.

Powered by Froala Editor