Uzbekistan Airports’ning Silk Avia’dagi ulushi Uzbekistan Helicopters’ga o‘tdi

O'zbekiston

Prezident qaroriga muvofiq, Silk Avia MChJ ustav kapitalidagi Uzbekistan Airports AJning 100 foiz ulushini uning brendini saqlab qolgan holda Uzbekistan Airways AJ tarkibidagi Uzbekistan Helicopters MChJ ustav kapitaliga o‘tkaziladi.

Uzbekistan Airports’ning Silk Avia’dagi ulushi Uzbekistan Helicopters’ga o‘tdi
“Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar amalga oshiriladi:

• Silk Avia MChJ ustav kapitalidagi Uzbekistan Airports AJning 100 foiz ulushini uning brendini saqlab qolgan holda Uzbekistan Airways AJ tarkibidagi Uzbekistan Helicopters MChJ ustav kapitaliga o‘tkaziladi;

• Uzbekistan Airports AJning 3 ta ATR72-600 rusumli havo kemasi Silk Avia MChJga beg‘araz o‘tkaziladi;

• Silk Avia MChJ faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida ATR72-600 rusumli havo kemalari soni oshiriladi;

• Uzbekistan Airways AJ tarkibidagi Uzbekistan Helicopters MChJ zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish hamda ATR72-600 rusumli havo kemalari parkini rivojlantirish vazifalari yuklanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing