Uzbekistan Airways Jiddadan ziyoratchilarni olib chiqmoqda
O'zbekiston
Milliy aviakompaniya Uzbekistan Airways 2 martdan boshlab Jidda — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha repatriatsion reyslarni amalga oshirishni boshladi. Qaror Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani fonida qabul qilindi.
Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mintaqadagi mojaro kuchayishidan oldin Umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga borgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarishdir. Shu maqsadda aviakompaniya qo‘shimcha samolyotlarni safarbar etmoqda va maxsus reyslar tashkil qilmoqda.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Jiddada bo‘lib turgan barcha fuqarolar to‘liq qaytarilgunga qadar reyslar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yaqinlariga Saudiya Arabistonida bo‘lgan fuqarolarga reyslar boshlanganini yetkazish va rasmiy e’lonlarni kuzatib borish tavsiya etiladi.

Powered by Froala Editor