Uzbekistan Airways Jiddaga parvozlarga cheklovlar kiritadi
14-apreldan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent - Jidda - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarga Umra vizasi bilan yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi. Qaror Saudiya Arabistoniga kirish qoidalarini o‘zgartirishni talab qiladigan "Haj-2025" dasturining boshlanishi bilan bog‘liq.
Aviakompaniya matbuot xizmatining rasmiy xabariga ko‘ra, Uzbekistan Airways reyslari bilan Jiddaga uchayotgan barcha yo‘lovchilar qaytish chiptasiga ega bo‘lishlari va 2025-yil 30-aprelgacha Saudiya Arabistoni hududini tark etishlari shart.
Agar ko‘rsatilgan sana tugagach, yo‘lovchilardan birortasi mamlakatda qolsa, ehtimoliy jarimalar uchun javobgarlik turistik agentliklar yoki sayohatchilarning o‘zlariga yuklatiladi.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi sirkulyariga asosan 30-apreldan boshlab Toshkent - Jidda - Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar vaqtincha bekor qilinadi.

Powered by Froala Editor