Vagenknext Ukrainadagi mojaroning xavfli keskinlashuvidan ogohlantirdi
Dunyo
Germaniyaning BSW partiyasi asoschisi Sara Vagenknext Ukrainadagi mojaroning yanada keskinlashishi xavfidan ogohlantirib, Rossiya bilan muloqot kanallarini saqlab qolishga chaqirdi. Funke media guruhiga bergan intervyusida u Moskva nemis texnologiyalari va mablag‘laridan foydalanilgan hujumlarga uchrayotganini aytdi.
«Moskva nemis texnologiyalari va nemis pullaridan foydalanilgan hujumlarga uchramoqda. Rossiya nuqtayi nazaridan, NATO allaqachon uzoq vaqtdan beri bu davlatga qarshi urush olib bormoqda», — dedi Vagenknext.
Uning fikricha, keskinlashuv to‘xtatilmasa, Yevropa Germaniya hududida olib boriladigan yirik urush xavfiga duch kelishi mumkin. Siyosatchi taranglik sharoitida Moskva bilan muloqot va o‘zaro anglashuv imkoniyatlarini saqlash zarurligini ta’kidladi.
Vagenknext 5-avgust kuni Leypsig/Halle aeroportidagi hodisada Rossiyaning aloqasi borligiga ham shubha bildirdi. Germaniya rasmiylari o‘sha kuni aeroport hududida portlovchi qurilma bo‘lgan dronni aniqlagan, hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

Powered by Froala Editor