Vashington Tehron uchun “qizil chiziqlar”ni belgiladi
Dunyo
AQSH Eronning yadro dasturi bo‘yicha “qizil chiziqlar”ni belgilab, Yaqin Sharqda qurollanish poygasi xavfi haqida ogohlantirdi hamda mintaqadagi harbiy ishtirokini kuchaytirdi.
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Yaqin Sharqda yadro qurolining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik Amerika tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini aytdi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vensning so‘zlariga ko‘ra, Eronning yadro quroliga ega bo‘lishi mintaqada nazoratsiz qurollanish poygasini boshlashi mumkin. U Vashington Tehronga nisbatan “aniq qizil chiziqlar”ni belgilab olganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, agar Eron yadro quroliga ega bo‘lsa, boshqa davlatlar ham shunday qurolga ega bo‘lishga intiladi va bu AQSH xalqi uchun falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Tehron muzokaralarda oldinga siljish va ehtimoliy zarba xavfini kamaytirish maqsadida uran boyitishni vaqtincha to‘xtatish hamda zaxiralarning bir qismini chetga olib chiqishni taklif qilganini xabar qilgan edi. Biroq bu tashabbus AQSH prezidenti Donald Tramp talab qilayotganidek, yadro dasturidan to‘liq voz kechishni nazarda tutmaydi.
Shu kuni AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy ishtiroki kuchaytirilgani ham ma’lum bo‘ldi. OAV xabarlariga ko‘ra, mintaqaga ikkinchi aviatsiya zarba guruhi yuborilgan, shuningdek 50 dan ortiq F-35, F-22 va F-16 qiruvchi samolyotlari joylashtirilgan.

Powered by Froala Editor