Vatan himoyachilari kuni otliq parad bilan nishonlandi
O'zbekiston
Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali otliq kavaleriyachi parad bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Milliy gvardiya rahbarligida tashkil etilib, unda poytaxtdagi kuch tuzilmalari tarkibidagi otliq bo‘linmalar ishtirok etdi. Parad harbiy an’analar davomiyligi va kavaleriyaning mamlakat tarixidagi ramziy ahamiyatini namoyon etdi.
Powered by Froala Editor