Vengriya O‘zbekistondagi AES qurilishiga qo‘shilishi mumkin
O'zbekiston
Toshkentda “Uzatom” agentligi rahbari va Vengriyaning MVM EGI Zrt. kompaniyasi bosh direktori uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekistonda AES qurish loyihasida Vengriyaning ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Suhbat chog‘ida Vengriya Eksimbanki orqali moliyalashtirishni jalb etish masalasi hamda “quruq sovitish” tizimlarini (quruq gradirnyalar) joriy etish bo‘yicha kelishuv imzolash istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar texnik va moliyaviy tafsilotlarni muhokama qilishni davom ettirish maqsadida navbatdagi muzokaralarni 2026-yil yanvar oyida Vengriyada o‘tkazishga kelishib oldi.
Tomonlar texnik va moliyaviy tafsilotlarni muhokama qilishni davom ettirish maqsadida navbatdagi muzokaralarni 2026-yil yanvar oyida Vengriyada o‘tkazishga kelishib oldi.
Powered by Froala Editor