“Volkswagen” avtomobillari “ChatGPT” ovozli yordamchisi bilan jihozlanadi

Texnologiya

Texnologiyani joriy yilda tatbiq etish kutilmoqda.

“Volkswagen” avtomobillari “ChatGPT” ovozli yordamchisi bilan jihozlanadi
“ChatGPT” ovozli yordamchisi bilan jihozlangan ilk avtomobillarni Shimoliy Amerika va Yevropada sotib olish mumkin bo'ladi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt foydalanuvchilarning turli so‘rovlarini taniy oladi va “Sovqotyapman” buyrug‘i bilan haroratni sozlashdan tortib, “Tovuq go’shti yeyishni xohlayman” iborasini aytib, eng yaqin hind restoranlarini ko‘rsatishgacha javob bera oladi.

“Volkswagen” vakillarining so‘zlariga ko‘ra, texnologiya deyarli barcha avtomobil modellarida, jumladan “Passat” va “Golf”da ham mavjud bo‘ladi. “Bundan tashqari, foydalanuvchilar tugmachalarni bosmasdan o'z avtomobillarining funksionalligini sozlashlari mumkin”, — dedi “Volkswagen” brendining texnik rivojlanish bo'yicha boshqaruv kengashi a'zosi Kay Grunits.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing