"Microsoft" kompaniyasi "WordPad” dasturidan voz kechmoqchi

Texnologiya

"Microsoft" kompaniyasi 1995-yildan buyon "Windows"da mavjud bo‘lgan oddiy so‘zlarni qayta ishlash dasturi "WordPad"dan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda The Verge sayti xabar tarqatdi.

"Microsoft" kompaniyasi "WordPad” dasturidan voz kechmoqchi
Xabarga ko‘ra, "WordPad" matn muharriri "Windows" operasion tizimining eskirgan funksiyalari ro‘yxatiga qo‘shildi.
Ta’kidlanishicha, "Microsoft" ilovasi uzoq vaqtdan beri yangilanmagan va kompaniya uni ishlab chiqishni rejalashtirmagan. Keyingi katta yangilanishda "WordPad" butunlay olib tashlanadi.
“Microsoft” tomonidan e’lon qilingan eslatmada, foydalanuvchilarga ".doc" va ".rtf" kabi matnli hujjatlar uchun "Microsoft Word" dasturidan, ".txt" kabi oddiy matnli hujjatlar uchun "Windows Notepad"dan foydalanish tavsiya qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing