World2Fly Madrid-Toshkent yo'nalishi bo'yicha ilk charter reysni amalga oshirdi

Dunyo

Joriy yilning 23-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:38da Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasining 285 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyoti Madrid-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter reysni amalga oshirib, Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

World2Fly Madrid-Toshkent yo'nalishi bo'yicha ilk charter reysni amalga oshirdi
Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Madrid-Toshkent-Madrid yoʻnalishi boʻyicha charter reysi Airbus A330-300 samolyotlarida ikki haftada bir marta amalga oshiriladi.

Shuningdek, aviakompaniya Madrid-Urganch-Madrid yo'nalishida ham xuddi shunday vaqt oralig’ida parvozlarni amalga oshirishi rejalashtirilgan.

Birinchi bosqichda charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024-yilning sentyabridan oktyabrigacha qayta tiklanadi.

World2Fly 2020-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Palma-de-Mayorkada (Ispaniya) joylashgan ispan yoʻlovchi aviakompaniyasi sanaladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing