Xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmalari o'z ishini boshladi

O'zbekiston

29-noyabr kuni Toshkentda “AgroExpo Uzbekistan – 2023” hamda "Agrotechmash expo" xalqaro qishloq xoʻjaligi ko‘rgazmasi start oldi. U 1-dekabrga qadar davom etadi.

Xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmalari o'z ishini boshladi
Mazkur tadbir 17-marotaba o'tkazilmoqda. Ko‘rgazma davomida 70 ga yaqin kompaniya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun o‘z texnologiya hamda uskunalarini namoyish etadi.

29-noyabrdan 1-dekabrga qadar “O‘zekspomarkaz”ning 1,2-son pavilonlarida va ochiq maydonlarida "Uzbekistan Agrotechmash Expo" — qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy maxsus texnika, texnologiyalar, uskunalar hamda "AgroExpo Uzbekistan" — bog‘dorchilik, issiqxona xo‘jaligi, o‘simlik va chorvachilik uchun ixtisoslashtirilgan xalqaro texnologiyalar ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ko’rgazmaning hamkorlari safidan Top Business kompaniyasi ham o’rin olgan bo’lib, ko’rgazma tafsilotlari va qizg’in jarayonlar bilan “Bright Uzbekistan” xalqaro axborot portalida tanishib borishingiz mumkin.


Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing