XAMAS Harbiy Qanot Rahbari Muhammad Dayf G'azoda O‘ldirildi

Dunyo

Isroil Mudofaa Armiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, XAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Dayf o‘tgan oy G'azoda Isroilning havo hujumi natijasida o‘ldirildi.

XAMAS Harbiy Qanot Rahbari Muhammad Dayf G'azoda O‘ldirildi
Muhammad Dayf ko‘p yillar davomida Isroil harbiylari uchun asosiy nishonlardan biri bo‘lgan. U qamoqdan qochishga muvaffaq bo‘lgan va kamida yetti marta suiqasddan omon qolgan.

"Isroil Mudofaa Armiyasi 2024-yil 13-iyul kuni Xon Yunis hududiga qiruvchi samolyotlar tomonidan zarba berilganini va razvedka ma'lumotlarini baholashdan so‘ng Muhammad Dayf o‘ldirilganini tasdiqlaydi," — deyiladi payshanba kuni tarqatilgan bayonotda.

XAMAS harbiy rahbari Muhammad Dayfning asosiy nishon bo‘lganligi avvalroq xabar qilingan edi, biroq Isroil u o‘ldirilganini hozirgacha tasdiqlamagan edi. XAMAS esa uning omon qolganligini da'vo qilgan edi. Hozircha XAMAS bu borada izoh bermadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing