Xarbin shahrida qishki Osiyo o'yinlarining yopilish marosimi bo'lib o'tdi

Sport

Kuni kecha Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o'yinlarining tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqida Dunyo AA xabar berdi.

Xarbin shahrida qishki Osiyo o'yinlarining yopilish marosimi bo'lib o'tdi
Qishki Osiyo o'yinlarida umumjamoa hisobida 32 ta oltin medalni qo'lga kiritgan Xitoy terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. O'yinlar davomida Xitoy terma jamoasi 85 ta sovrinni qo'lga kiritdi.

Janubiy Koreya 45 ta medal bilan ikkinchi o'rinda qayd etildi. Ular 16 ta oltin medal jamg'arishdi. Yaponiya 37 ta medal bilan uchinchi o'rinni egalladi. Yaponiyalik atletlar hisobida10 ta oltin medal bor.

Juftlik dasturida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi figurali uchuvchilari Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish o'zlarining yorqin ishtiroki bilan Xitoyda shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. Ular ushbu yo'nalishda mamlakat hisobiga ilk oltin medalni taqdim etishdi.

Mazkur oltin medal bilan O'zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Qozog'istondan keyin beshinchi o'rinni egalladi.

IX qishki Osiyo o'yinlari 7-14 fevral kunlari o'tkazildi. Unda Osiyoning 34 mamlakati va mintaqasidan 1300 nafar sportchi ishtirok etdi.

Navbatdagi qishki Osiyo o'yinlari 2029-yilda Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing