“Xiaomi” o'zining ilk SU7 elektromobilining HyperOS ekotizimini taqdim etdi

Texnologiya

“Xiaomi” kompaniyasining ta'kidlashicha, SU7ga inson ishtirokini o’z ichiga oluvchi dizayn va HyperOS ekotizimi tatbiq etilgan. Bu tufayli avtomobil yarim avtonom haydash tizimi va mashinani kerakli joyda avtomatik tarzda to'xtatish funksiyasiga ega bo’ladi. 2024-yil oxirigacha SU7 uchun innovatsion avtopilotni joriy etish rejalashtirilmoqda.

“Xiaomi” o'zining ilk SU7 elektromobilining HyperOS ekotizimini taqdim etdi
Tizim Snapdragon 8295 avtomobil chipiga asoslangan boʻlib, u “Xiaomi HyperMind” deb nomlangan yuqori darajadagi sunʼiy intellektni hamda maʼlumotlarni yuqori tezlikda qayta ishlashni taʼminlaydi.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, Smart Cabin xuddi odatiy planshet kabi ishlaydi va undan foydalanish uchun maxsus bilimga ega bo’lish talab etilmaydi. Buni foydalanuvchi atiti bir necha soniya ichida o’rgana oladigan sodda interfeys bilan izohlash mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing