Xitoy AQShni koinotdagi xavfsizlikka eng katta tahdid deb atadi

Dunyo

Xitoy TIV matbuot kotibi Van Venbin AQSh kosmik kuchlari bayonotiga izoh berdi. Mazkur bayonotda amerikalik harbiylar Rossiya va Xitoy Amerika sun'iy yo'ldoshlarini zararsizlantirish uchun birgalikda qurol ishlab chiqayotgani haqida ma’lum qilingan edi. U bu bayonotni AQSh tomonidan tuhmat deb atadi.

Xitoy AQShni koinotdagi xavfsizlikka eng katta tahdid deb atadi
"Bu o'zining harbiy ustuvorligini saqlab qolish va koinotda harbiy qudratini kengaytirish uchun bahona topishdan boshqa narsa emas", - dedi Xitoy TIV vakili. Uning ta'kidlashicha, Qo'shma Shtatlar koinotga kurash maydoni sifatida qaraydi va koinotni harbiylashtirish ortida turgan eng katta kuch hisoblanadi.

Diplomatning qoʻshimcha qilishicha, Qoʻshma Shtatlar uzoq vaqtdan beri kosmik texnologiyalarni suiisteʼmol qilib, boshqa davlatlarning kosmik kemalariga josuslik qilib kelmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing