Xitoy AQShning Tayvanga qurol sotishiga sanksiyalar bilan javob berdi
Dunyo
Xitoy AQShning Tayvanga 11 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yirik qurol-yarog‘ savdosiga javoban amerikalik mudofaa kompaniyalari va ularning rahbarlariga sanksiyalar joriy qildi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShning 20 ta mudofaa kompaniyasi va ularning o‘nta yuqori lavozimli rahbariga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini ma’lum qildi. Qaror AQSh tomonidan Tayvanga keng ko‘lamli qurol sotilishi tasdiqlangani ortidan qabul qilingan.
Sanksiyalar ro‘yxatiga Boeing’ning Sent-Luisdagi bo‘linmasi, Northrop Grumman Systems Corporation, L3Harris Maritime Services va boshqa kompaniyalar kiritildi. Shuningdek, Anduril Industries asoschisi Palmer Laki va yana to‘qqiz nafar rahbarga Xitoyga kirish taqiqlandi, ularning mamlakatdagi aktivlari muzlatildi.
Sanksiya ostidagi kompaniyalarning Xitoy hududidagi aktivlari ham muzlatiladi va ular bilan har qanday moliyaviy operatsiyalar taqiqlanadi. Pekin bu qurol savdosini “yagona Xitoy” tamoyilining jiddiy buzilishi deb atadi.
AQSh Davlat departamenti avvalroq Tayvanga HIMARS raketa tizimlari, tankka qarshi raketalar va uchuvchisiz apparatlarni o‘z ichiga olgan 11,1 milliard dollarlik qurol savdosini ma’qullagan edi. Bitim hali AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Bloomberg bahosiga ko‘ra, sanksiyalarning real ta’siri cheklangan bo‘lishi mumkin, chunki ko‘plab kompaniyalar Xitoyda muhim aktivlarga ega emas.
Xitoy Tayvanni o‘z hududining ajralmas qismi deb hisoblaydi, Tayvan esa o‘zini alohida davlat sifatida ko‘radi.

Powered by Froala Editor