Xitoy iqtisodiyoti birinchi chorakda 5,3% ni tashkil etdi va kutilganidan ham yuqori bo‘ldi
Dunyo
Yanvar-mart oylarida Xitoy yalpi ichki mahsulotining o'sish sur'ati 5,3% ga yetdi. Bu haqda Xitoy Davlat statistika boshqarmasi ma'lum qildi.
Matbuot anjumanida oshkor qilingan hisobotga ko‘ra, uch oy davomida Xitoyning yalpi ichki mahsuloti 29,63 trillion yuanni (hozirgi kurs bo‘yicha $4,17 trillion) tashkil qilgan. Qishloq xo‘jaligidagi ko‘rsatkich mos ravishda 3,3% ga (1,15 trillion yuan yoki qariyb $162 milliard), sanoat va xizmatlar sohasi 6% ga (10,98 trillion yuan yoki $1,54 trillion) va 5% ga (17,49 trillion yuan yoki $2,46 trillion) o‘sdi.
Xitoy hukumati vaqti-vaqti bilan Xitoy jahon iqtisodiyoti rivojlanishida asosiy drayver sifatida hal qiluvchi rol o'ynashini eslatib turadi. Davlat kengashi Bosh vaziri Li Tsyanning soʻzlariga koʻra, mamlakat jahon yalpi ichki mahsulotining oʻsish surʼatiga qariyb 30% hissa qoʻshmoqda.
Xitoy Milliy Statistika Byurosining ma'lumotlariga ko'ra, Xitoy yalpi ichki mahsulotining o'sish sur'ati 2022-yilda 3% ga, 2023-yilda esa 5,2% ga yetdi (126,05 trillion yuan yoki taxminan $17,7 trillion). 2024-yil uchun rasmiy maqsad 5% etib belgilangan.

Powered by Froala Editor