COP-29: O‘zbekiston va Masdar hamkorligi natijasida 1000 megavattli shamol elektr stansiyasi quriladi
Iqtisodiyot
COP-29 konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi o‘rtasida Navoiyning Uchquduq tumanida 1000 megavatt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Ushbu loyiha amalga oshirilishi jarayonida 600-800 yangi ish o‘rni yaratiladi. Shamol elektr stansiyasi yiliga 3,5 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va natijada 1 milliard kubometr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.
Bu loyiha nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ekologik foydalari bilan ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, atrof-muhitga chiqariladigan zararli chiqindilar miqdorini yiliga 1,4 million tonnaga kamaytiradi.
Shamol elektr stansiyasi Masdar bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalarning navbatdagi bosqichi bo‘lib, O‘zbekistonning energiya xavfsizligini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.
BAAning "Yashil energiya quvvatini uch baravar oshirish" tashabbusi doirasida bu loyiha global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlab, Parij kelishuvi maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi.

Powered by Froala Editor