O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni yashil energetika hamkorligini kengaytirishga kelishib oldi

Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud bilan uchrashdi. Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasida yashil energetika sohasidagi sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni yashil energetika hamkorligini kengaytirishga kelishib oldi
Uchrashuvda O‘zbekistonning energetika tizimini to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish masalalarida Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi bilan hamkorlik yutuqlari alohida ta’kidlandi. "ACWA Power" kompaniyasi mamlakatimizda bir necha yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini barpo etmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda yashil vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni tezlashtirish va "yashil" energetikani yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Yashil energetika sohasidagi loyihalar nafaqat ekologik, balki iqtisodiy foydalar keltirish imkoniyatiga ega.

Kelishuv natijasida Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilarini O‘zbekistonda mahalliylashtirish va energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga jalb etishga kelishib olindi. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing