Xitoy madaniyat vaziri Xu Xeping madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun O‘zbekistonga keldi
O'zbekiston
Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xeping madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida delegatsiya bilan Toshkentga keldi. Tashrif, shuningdek, “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining 10 yilligiga bag’ishlangan.
Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xeping oliy martabali delegatsiya bilan Toshkentga keldi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat o‘rtasida madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Tashrif dasturining muhim jihati mintaqada madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim loyiha bo‘lgan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining 10 yilligini nishonlashdan iborat.
Tashrif doirasida O‘zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar, turli madaniy tadbirlarda, jumladan, “Xitoy madaniyati kunlari” gala-konsertida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Mavjud faol hamkorlikka qaramay, mamlakatlar sheriklik aloqalarini, ayniqsa, turizm sohasida chuqurlashtirish niyatida. Rejalarda O‘zbekistonga xitoylik sayyohlar oqimini yiliga 1 million kishiga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Xu Xepingning tashrifi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Powered by Froala Editor