Xitoy orbitaga 11 ta sun'iy yo'ldosh olib chiqdi

Texnologiya

Xitoyning "Changzhen-2C" raketa tashuvchisi 11 ta "Geely-02" sun'iy yo'ldoshini orbitaga olib chiqdi.

Xitoy orbitaga 11 ta sun'iy yo'ldosh olib chiqdi
Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, raketa mahalliy vaqt bilan 07:37 da Sichuan provinsiyasidagi Sichan kosmodromidan uchirilgan.

Geespace kompaniyasining kosmosga uchirilgan sun'iy yo'ldoshlari Geely Holding avtomobillarining avtonom haydash xizmatlarini, shuningdek, xavfsiz haydash uchun mashinalar va infratuzilma aloqasini ta'minlaydi

Bu Changjen raketa tashuvchisi uchun 508-uchirish boʻldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing