Xitoy O‘zbekistonda ochilgan xorijiy kompaniyalar soni bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda

Biznes

2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 15 503 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi maʼlumot berdi.

Xitoy O‘zbekistonda ochilgan xorijiy kompaniyalar soni bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda
Eng ko‘p xorijiy kompaniyalar Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etilgan — 3 576 ta. Ikkinchi o‘rinda Rossiya (3 016 ta korxona), uchinchi o‘rinda esa Turkiya — mamlakatda 1 899 ta turk kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tgan.

Kazaxstondan kelgan kompaniyalar soni ham sezilarli — 1 082 ta. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (662 ta), BAA (347 ta), Hindiston (316 ta) va AQSh (307 ta) joy olgan.

O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda davom etmoqda va xalqaro biznesni rivojlantirish hamda hamkorlikni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing