Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi moliyaviy ta’minot oldi

Iqtisodiyot

Bishkek shahrida Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatni «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li kompaniyasi» MChJ (qo‘shma loyiha kompaniyasi) va Xitoy Xalq Respublikasi banklari sindikati imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi ma’lum qildi.

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi moliyaviy ta’minot oldi
Loyiha umumiy qiymati 4,7 milliard AQSh dollariga baholanmoqda va mintaqadagi eng yirik transport tashabbuslaridan biri hisoblanadi. Temir yo‘l Xitoyni Markaziy Osiyo orqali xalqaro bozorlarga bog‘lab, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning tranzit salohiyatini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda.

Moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv loyiha amalga oshirilishining faol bosqichiga yo‘l ochadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing