“Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishi masalasiga alohida etibor qaratildi

O'zbekiston

Shavkat Mirziyoev Sadir Japarov kengaytirilgan tarkibda o’tkazgan yig’ilishda energetika sohasidagi hamkorlikni strategik yoʼnalish sifatida belgilab olishdi.

“Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishi masalasiga alohida etibor qaratildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirgʼiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda o’tkazilgan yig’ilishda energetika sohasidagi hamkorlik strategik yoʼnalish etib belgilandi.

Qambarota GES-1 qurilishi boʼyicha bitimni tez fursatda imzolash va loyihaning amaliy bosqichini boshlash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, ikki mamlakat salohiyatini hisobga olgan holda kichik gidroenergetikani rivojlantirish boʼyicha kompleks hamkorlik dasturi tayyorlanadi.

Mintaqada transport bogʼliqligini mustahkamlash boʼyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtirish zarurligi taʼkidlandi. “Xitoy - Qirgʼiziston – Oʼzbekiston” temir yoʼlini qurish boʼyicha strategik loyiha toʼgʼrisidagi uch tomonlama bitim imzolangani bu borada tarixiy voqea boʼldi.

Hududlar delegatsiyalarining oʼzaro tashriflari jadvalini tayyorlash va qoʼshma "yoʼl xaritalari"ni yangilashga kelishib olindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing