Xitoy rahbari Yevropaga boradi

Dunyo

Xitoy rahbari besh yil ichida birinchi marta Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yo'l oladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Xitoy rahbari Yevropaga boradi
Xitoy prezidenti va hukmron Kommunistik partiya rahbari Si Szinpinning tashrifi uning Yevropaga so‘nggi besh yildagi birinchi tashrifi bo‘lib, “dunyo miqyosida tinch taraqqiyotga yangi turtki beradi”, dedi dushanba kuni bo‘lib o‘tgan kundalik brifingda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lin Jian.

Si Szinpin 5-may kuni Xitoy sarmoyasiga umid qilayotgan Fransiya, Serbiya va Vengriyaga besh kunlik sayohatini boshlaydi.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiyaga ikki kunlik safari chog‘ida Xitoy rahbari bilan shaxsiy aloqalarini chuqurlashtirish va undan Vladimir Putinni Ukrainadagi mojaroga barham berishga ko‘ndirishni so‘rash niyatida. Makron, shuningdek, mamlakatda elektromobil akkumulyatorlarini ishlab chiqarish uchun Xitoy sarmoyalarini jalb qilishga intilmoqda.

Si Szinpin Yevropaga AQSh moliya vaziri Janet Yellenning Xitoyga tashrifidan bir necha hafta o‘tib, Xitoyning ortiqcha ishlab chiqarish quvvati jahon iqtisodiyotiga xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirganidan so’ng tashrif buyuradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing