Xitoy tomoni “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi doirasidagi islohotlar yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini bildirdi
Siyosat
Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi. U Toshkentning mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirishdagi muhim rolini alohida qayd etdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Van I siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy loyihalar hamda xavfsizlik masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar strategik dialog protokoli hamda 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlarini imzoladilar. Hujjatlar diplomatik, iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlarda yangi qo‘shma tashabbuslarni o‘z ichiga oladi.

Powered by Froala Editor